Toshkentdan Kuala-Lumpurga
Kuala-Lumpur — Toshkent — Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Parvozlar Airbus A330 rusumli samolyotda haftasiga 1 marta, haftaning juma kunlari amalga oshiriladi.
Indoneziyaning Batik Air aviakompaniyasi ilk parvozi joriy yilning 15 dekabriga belgilangan. Aviakompaniya vakillari Uzbekistan Airports milliy aviakompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuvda ushbu mintaqada yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish va parvozlar sonini oshirish niyatida ekanligini bildirdi. O‘z navbatida, milliy aviakompaniya vakillari ham buni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini tasdiqladi.
Batik Air aviakompaniyasining bosh qarorgohi Jakartada joylashgan bo‘lib, u Indoneziya ichida muntazam yo‘lovchi parvozlarini amalga oshiradi.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA