Toshkentdan Issiq-ko‘lga mavsumiy avtobus qatnovi boshlanadi
Transport vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 11 iyun sanasidan boshlab, "Uzautotrans Service" MCHJ tomonidan “Toshkent – Cho‘lpon-ota (Issiq-ko‘l)”yo‘nalishida mavsumiy avtobus qatnovi boshlanadi.
Qatnovlar har kuni Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Avtobus soat 15:00da Toshkent avtovokzalidan jo‘naydi.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA