Toshkent xalqaro aeroportida Hindistonga uchmoqchi bo‘lgan ikki ayol yo‘lovchi "jonli konteyner" tarzida tilla quymalarini olib o‘tmoqchi bo‘lganida ushlandi.
"Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Shaxsiy xavfsizlik guruhi tomonidan olingan tezkor ma’lumotlar asosida, kompleksning Kontrabandaga qarshi kurashish shu’basi tezkor xodimlari va xalqaro aeroportning chegara bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda Toshkentdan Dehli shahriga uchib ketayotgan ikki nafar fuqarolar kuzatuv ostiga olindi.
"CIP" uchib ketish zali orqali harakatlangandan so‘ng tegishli tartibda to‘xtatilib, bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda ularning jinsiy a’zosi ichiga yashirib joylangan, birida taxminiy qiymati 490 mln so‘m bo‘lgan 367 gramm quyma oltin bo‘laklari, yana birida esa 140 gramm og‘irlikdagi dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra qiymati 190 mln so‘m bo‘lgan quyma oltin bo‘laklari borligi aniqlandi.
Mazkur holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sh.Mamaturopova, O‘zA