Bugungi kunda O‘zbekiston yoshlari dunyoning turli davlatlaridagi nufuzli universitetlarda bilim va tajriba orttirmoqda. Saidakbarxon — shunday iqtidorli tengdoshlarimizdan biri.
2023 yil Toshkentdagi Turin politexnika universiteti, 2025 yil AQSHdagi Arizona Steyt universitetini tamomlagan bu hamyurtimiz “Visol” va “Luma” startap loyihalari asoschisi, “El-yurt umidi” jamg‘armaci ctipendiati, “Nova Robotiks” jamoasida yetakchi dasturchi-muhandis.
Uning faoliyati qator xalqaro va respublika miqyosidagi tanlovlarda e’tirof etilgan: “Future Skills Uzbekistan” IT-olimpiadaci, “Technoways" texnologiya taraqqiyoti marafoni”, “Students Kap” va “3-Renessans yoshlar nigohida” kabi musobaqalar g‘olibi.
Muloqot davomida Saidakbarxon ta’lim olish jarayonida bosib o‘tgan yo‘li, xorijda orttirgan tajribasi, nazariya va amaliyot uyg‘unligining foydasi, yurtimiz yoshlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda ijtimoiy tarmoqdan to‘g‘ri foydalanish borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Bugungi suhbatimiz xorijda o‘qish istagidagi yoshlarni ilhomlantirib, ularni maqsad sari dadil qadam tashlashga undaydi, degan umiddamiz.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/R9kquXMWFVc" title="Toshkentdan Arizonagacha: O‘zbek farzandlari dunyoni zabt etmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Fardona Yaxshiboyeva, O‘zA