Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti jamoasi xalqaro huquq tanlovida tarixiy natija ko‘rsatdi
14:34 / 2025-04-19

Universitetning “Jessup” jamoasi Vashingtonda bo‘lib o‘tgan Filipp Djessop nomidagi Xalqaro  huquq bo‘yicha nufuzli tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etib, tarixda ilk bor Garvard, Oksford va Moskva davlat  universiteti kabi dunyoning 16 ta eng nufuzli  universitetlari qatoridan joy egalladi.

Tijorat huquqi yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalardan iborat jamoa tanlovda yuksak yuridik bilim va qat’iyat namoyish etdi. Mariya Sattiyeva, Karimaxon Habibullaxo‘ja, Ruhshona Oralova, Sevaraxon Abdusaidova va Jahongir Bahodirovlar dastlabki bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tib, 16 ta eng kuchli  jamoalar o‘rtasidagi raundga chiqdi.

Shuningdek, Karimaxon Habibullaxo‘ja dunyoning 30 ta eng yaxshi notiqlari safidan  joy oldi.

TXVU talabalarining bu муvaффақияти ularning tanlagan yo‘liga sadoqati, isde’dodi va puxta tayyorgarligi samarasidir. Ushbu tarixiy natijaga erishishga Meyirbek Abdikarirov, Dilshodbek Orifjonov hamda tijorat huquqi kafedrasi  ustoz va murabbiylari ham katta hissa qo‘shdi. 

Aziza Alimova tayyorladi,  O‘zA.