Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentdagi xalqaro turnirda yosh iste’dodlar saralandi
10:46 / 2022-08-10

Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida Xalqaro tennis federatsiyasi taqvimidan joy olgan “J3" turkumidagi tennis musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqaning yakkalik bahslarida hindistonlik Yuvan Nandal o‘g‘il bolalar o‘rtasida chempion bo‘lgan bo‘lsa, qizlar orasida rossiyalik Darya Shadchnevaga teng keladigani topilmadi.

Shuningdek, juftlik bahslarida rossiyalik tennischilar – Ivan Yutkin va Oleg Kolninov tandemi musobaqa g‘olibiga aylandi.

Qizlar o‘rtasidagi juftlik bellashuvlarida qozog‘istonlik Asiljon Aristanbekova hamda Aya Nupbay bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.


Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA