Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentdagi VGIK filialida uchta yangi yo‘nalish ochiladi
21:05 / 2022-05-20

Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

VGIK Toshkent filialida Rossiya madaniyat vaziri Olga Lyubimova, S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti rektori Vladimir Malishev va O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori, VGIK Toshkent filiali Vasiylik kengashi raisi Firdavs Abduxoliqov o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuv davomida kelishib olindi.

Kelishuvga Rossiya Madaniyat vazirligi rahbariyati va Butunrossiya davlat kinematografiya instituti rektorining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishildi.

Olga Lyubimova Toshkentda VGIK filialining ochilishini O‘zbekiston va Rossiya kinematografiyasi rivoji uchun eng muhim voqea, deb atadi.

–Ushbu qaror ikki davlat rahbarlarining tashabbusi bilan qabul qilingan. Prezidentlarimizning kinematografiyaga e’tibori, ardoqli munosabati sohaning rivoji uchun juda muhim hisoblanadi. Ushbu tashabbus tufayli O‘zbekistonda kinematogrfiya sohasi qayta tiklana boshladi”, – deya ta’kidladi u.

Uchrashuvda Kinematografiya agentligi bosh direktori va VGIK Toshkent filiali Vasiylik kengashi raisi Firdavs Abduxoliqov Toshkent filialining yaqin kelajakdagi rejalari to‘xtalib o‘tdi.

–bugungi uchrashuvda biz Rossiya Madaniyat vazirligi va VGIK rahbariyatiga o‘z imkoniyatlarimizni namoyish qildik va shu orqali ularni uchta yangi yo‘nalish – aktyorlik san’ati, kino va televideniye rejissyorligi hamda kinooperatorlik yo‘nalishlarini ochish zarurligiga ishontirdik. Yangi yo‘nalishlar keyingi o‘quv yilidayoq ochiladi. Tashrif davomida bu borada kelishuvga erishilgani juda ham muhim voqea hisoblanadi. VGIK rahbariyati bizga ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha malakali o‘qituvchilar bazasini shakllantirishiga va’da berdi,– dedi Firdavs Abduxoliqov.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi VGIK filialida aktyorlik san’ati, kino va televideniye rejissyorligi hamda kinooperatorlik yo‘nalishlarini keyingi o‘quv yilida ochilishi ko‘zda tutilgan.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

O‘zA