Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentdagi Real house turar joy binosida kamchiliklar aniqlandi
12:28 / 2024-09-22

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan poytaxtning Shayxontohur tumanidagi "Toshkent siti" hududida joylashgan Real house turar joy binosida monitoring ishlari o‘tkazildi.

Natijada ob’ektda “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” qoidalariga rioya qilinmagani, shu bilan bir qatorda hudud qurilish chiqindilaridan tozalanmagani aniqlandi.

Mas’ullar ushbu qoidabuzarliklar yuzasidan buyurtmachiga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berdi va qurilish-montaj ishlari nazoratga olindi, deyiladi qurilish inspeksiyasi xabarida.

Sh.Mamaturopova, O‘zA