Toshkentdagi qilichbozlar bahsi kutilmagan natijalarga boy o‘tmoqda
Poytaxtimizda qilichbozlik sportining rapira yo‘nalishi bo‘yicha kadetlar o‘rtasida Osiyo kubogining jamoaviy musobaqalari o‘tkazildi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekiston uchta jamoa bilan ishtirok etib, yakunda har bir jamoamiz sovrinli o‘rinlardan joy oldi. Qizlar o‘rtasida kechgan qizg‘in bellashuvlarda esa qozog‘istonlik qilichbozlar shohsupaning eng yuqori pog‘onasini egalladi.

Bugun, 11 sentyabr kuni kadetlar o‘rtasida sablya yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik bahslari bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA muhbiri