French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentdagi Puchon universiteti bitiruvchilariga diplomlar topshirildi
11:10 / 2022-08-26

2021-2022 o‘quv yilida Toshkent shahridagi Puchon universitetini 400 nafar talaba tamomlagan bo‘lsa, ularning 260 nafari Maktabgacha ta’lim fakulteti bitiruvchilaridir.

Universitetda katta bayram tashkil etilib, bitiruvchilarga tantanali ravishda diplom topshirildi. Tadbirda Koreya Respublikasining Puchon universiteti prezidenti janob Xan, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi vakillari, xalqaro markazlar direktorlari, shuningdek, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.  

– O‘qish davomida hayotimda juda ko‘p ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi, – deydi universitet bitiruvchisi Mohinur Bo‘riyeva. – Ustozlarimizdan olgan bilimlarimiz kelgusida jamiyatda o‘z o‘rnimizni topishda asqotadi. Vatanimiz taraqqiyotiga o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shamiz, degan umiddaman.   

Darvoqe,  bitiruvchi talabalarga koreys namunasidagi diplomlar topshirilgan bo‘lib, “Koreys tili va menejment” hamda “Arxitektura” fakultetlari bitiruvchilari kelgusida “2+2” va “3+1” tizimida o‘qishni davom ettirishlari mumkin.  
 
 

M.Qosimova,  
O‘zA