Toshkentdagi MCHJ 1 milliard 352 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan
Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» axborot xizmati ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Yashnobod tumanida joylashgan ko‘p qavatli turar-joy majmuasini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “A.B.” MCHJning noqonuniy holati oshkor etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, MCHJ tasarrufidagi elektr qurilmalar elektr hisoblagichsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqqa ulangan.
Nazorat tadbirida majmua hududidagi avtoturargohda hujjatlarsiz elektromobillarni zaryadlash qurilmasini o‘rnatish holati ham aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu vaziyat tufayli davlat manfaatlariga 1 milliard 352 million so‘m zarar yetkazilgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
N. Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA