Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentdagi jamoat transportlarida faqat transport kartalaridan foydalaniladi
16:26 / 2020-12-25

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan “Jamoat transportida imtiyozli transport kartalari va ularning tariflari” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida shu haqda ma’lumot berildi.

2021 yilning 1 yanvaridan boshlab Toshkent shahrida jamoat transportlaridan foydalanganda naqd pul orqali to‘lov qilish tizimi bekor qilinadi. Buning o‘rniga faqatgina yagona transport kartasi orqali to‘lov amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, jamoat transporti (avtobus, metropoliten) dan foydalanganda ATTO yagona transport kartasining tarif rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tilgan.
Imtiyozli transport kartasi – umumiy foydalaniladigan transportda (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksidan tashqari) avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi operatori ma’lumotlar bazasida ro‘yxatga olingan. Bu yo‘lovchiga transportda bepul yoki imtiyozli yurish huquqini kafolatlaydigan, transportdan foydalanish soni va bir transportdan boshqasiga chiqish soni cheklanmaydigan shaxsiylashtirilmagan va(yoki) shaxsiylashtirilgan transport kartasidir.

Matbuot anjumanida umumiy tariflar (AV, AVM) quyida keltirilgan muddat va summalarda joriy etilmoqda:
“AV” turdagi tariflar: 5 kunlik tarif – 20 000 so‘m , 10 kunlik tarif – 40 000 so‘m, 15 kunlik tarif – 60 000 so‘m, 20 kunlik tarif – 80 000 so‘m, 30 kunlik tarif – 120 000 etib belgilangan. “AVM” turdagi tariflar: 5 kunlik tarif – 28 000 so‘m, 10 kunlik tarif – 56 000 so‘m,|15 kunlik tarif – 84 000 so‘m, 20 kunlik tarif – 112 000 so‘m, 30 kunlik tarif – 166 000 so‘m etib belgilangan.

Shuningdek, matbuot anjumanida imtiyozli yurish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilar – nafaqaxo‘rlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, talabalar va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari, kollejlar hamda texnikumlar o‘quvchilari tomonidan imtiyozli transport kartalari orqali to‘lovlar umumiy foydalaniladigan transportning (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksidan tashqari) amaldagi tariflarning 50 foizlik imtiyozini hisobga olgan holda amalga oshirilishi qayd etildi. 

Bunda imtiyozli (N, T, O‘, NM, TM, O‘M) transport kartalarini Toshkent shahridagi oylik yo‘l chiptalari va transport kartalari sotiladigan 70 ta shoxobchadan xarid qilishingiz mumkin. “N”, “T”, “O‘” turdagi tariflar: 5 kunlik tarif – 10 000 so‘m , 10 kunlik tarif – 20 000 so‘m, 15 kunlik tarif – 30 000 so‘m, 20 kunlik tarif – 40 000 so‘m, 30 kunlik tarif – 60 000 so‘m, “NM”, “TM”, “O‘M” turdagi tariflar: 5 kunlik tarif – 14 000 so‘m, 10 kunlik tarif – 28 000 so‘m, 15 kunlik tarif – 42 000 so‘m, 20 kunlik tarif – 56 000 so‘m, 30 kunlik tarif – 83 000 so‘m etib belgilangan. 

Matbuot anjumanida 1 yanvardan Toshkentdagi jamoat transportlarida faqat transport kartalaridan foydalanilishi, yanvar oyidan sotuvga chiqariladigan elektron oylik yo‘l chiptalari yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida 2021 yanvar oyi uchun avtomatik tarzda 30 kunlik tariflar bilan taqdim etilishi qayd etildi.
 

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA