Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentdagi Cingapur menejmentni rivojlantirish instituti davlat attestatsiyasidan o‘tkaziladi
17:19 / 2021-06-24

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti vakillari uchun ichki baholash jarayonini sifatli tashkil etish va tashqi baholash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha onlayn seminar-trening tashkil etildi.

Ta’lim inspeksiyasi mutasaddilari, institut rahbariyati va OTMlar tomonidan ekspert komissiyasi tarkibiga tavsiya etilgan professor-o‘qituvchilar ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi «Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroridan kelib chiqib, oliy ta’lim tashkilotini akkreditatsiyadan o‘tkazish mezonlari, bu borada e’tibor qaratiladigan jihatlar bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi.  

Ta’kidlash joizki, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarini davlat attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyalash ushbu oliygohlar tomonidan berilgan diplomlarning xorijiy davlatda tan olinishini osonlashtiradi. Mazkur jarayonlar natijasida bildirilgan xulosalar oliy ta’lim tashkilotidagi ta’lim faoliyati sifatiga mustaqil vakolatli organ tomonidan bildirilgan ishonchni anglatadi. Shuningdek, Ta’lim inspeksiyasining mustaqil vakolatli tashqi baholovchi organ sifatiga bildirgan fikri xorijiy tashkilotlar tomonidan ishonchli ma’lumot sifatida qabul qilinadi.  

Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.  

Ma’lumot uchun, Ta’lim inspeksiyasi tomonidan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari orasida birinchi bo‘lib Toshkent shahridagi Inha universiteti davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilgan.  

 

Fayzullo Yahyoyev, O‘zA