Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi 10 qavatli turar joy tom qismida o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlari olib borilayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining ma’lum qilishicha, joriy yilning 10 iyul kuni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mazkur manzilda o‘rganish ishlarini olib borgan. Natijada 96-xonadon mulkdori kadastr hujjatlarida mavjud bo‘lgan mansardaning yon qismiga o‘zboshimchalik bilan qo‘shimcha joy qurib olgani aniqlangan.
Inspeksiya tomonidan o‘z vakolati doirasida fuqaroga 15 kun muddat ichida, ya’ni 25 iyul kuniga qadar bartaraf etish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berilgan.
Shuningdek, unga MJtKning 159-moddasiga asosan, ma’muriy jarima qo‘llanilgan. Xabarda qayd etilishicha, tartibga ko‘ra belgilangan majburiy ko‘rsatma talablari fuqaro tomonidan bajarilmagan taqdirda FIB sudga majburiy tartibda bartaraf etish to‘g‘risida da’vo arizasi kiritiladi.
O‘zA