Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda yoshlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi
20:22 / 2026-02-09

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizda 17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida qilichbozlikning shpaga, sablya va rapira yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan eng kuchli yosh qilichbozlar ishtirok etmoqda.

[gallery-27562]

Chempionatning ilk kunida 120 nafardan ortiq sportchi shpaga yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik bahslarida kuch sinashdi. Keyingi kunlarda ham yakkalik va jamoaviy bahslar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

[gallery-27563]

Musobaqa yosh sportchilarning mahorat darajasini oshirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda mamlakatimizda qilichbozlik sport turini yanada ommalashtirishga xizmat qiladi. 

O‘zbekiston chempionati 14 fevralga qadar davom etadi.

Muhammad AMIN, Mumtozbegim Abdumo‘minova (surat), O‘zA