Toshkentdagi “Paxatkor” qilichbozlik zalida U20 yosh toifasida O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi kubogi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning so‘nggi kunida ishtirokchilar rapira qurolida o‘zaro belleshdi.
Mazkur yo‘nalishdagi qizlar bahsida poytaxtlik qilichbozlarga teng keladigani topilmadi. Jumladan, musobaqa finalida Sabina Adashaliyeva (Toshkent) hamda Aneliya Kildeyeva (Toshkent) o‘zaro to‘qnash keldi. Keskin va murosasiz o‘tgan bu bellashuvda Sabina g‘olib chiqdi. Shuningdek, Asal Karimova (Toshkent) va Malik Toshpo‘latova (Toshkent) bronza medali bilan taqidrlandi.

O‘g‘il bolalar orasidagi bahslarda Ulug‘bek Usmonov (Toshkent), Akmal Ibrohimov (Toshkent) va Amirbek Otabekov (Toshkent) hamda Jamoliddin Maripjonov (Farg‘ona) kabi rapirachilar g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, kubok bahslarida eng yaxshi natijalar qayd etgan qilichbozlar U20 yosh toifasidagi terma jamoamiz safidan joy olib, oldinda turgan xalqaro turnirlarga tayyorgarlik ko‘radilar.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA