English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda yirik yong‘in sodir bo‘ldi
14:37 / 2025-09-11

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 11 sentyabr kuni soat 12:40 atrofida Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Qushbegi ko‘chasida joylashgan plastik quvurlar ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 12:46 da yetib borib, yong‘in soat 13:08 da qurshab olingan va soat 13:15 da to‘liq bartaraf etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q. Yetkazilgan zarar miqdori va yong‘in sabablari aniqlanmoqda.

Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i yetib borgan.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA