French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda yirik miqdorda “gashish” fosh etildi
15:06 / 2026-01-16

Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining internet-do‘konlar orqali sotilishi va “zakladka” usulida tarqatilishiga qarshi qaratilgan tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur tezkor tadbirlar Toshkent shahrining Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida amalga oshirildi.

Tadbir davomida fuqaroning ko‘rsatmasi asosida Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan dehqon bozori hojatxonasi ko‘zdan kechirilib, hojatxona ortiga yashirib qo‘yilgan, og‘irligi 20 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasi aniqlandi.

Tezkor tadbirlar davom ettirilib, mazkur shaxsning jinoiy sherigi Mirzo Ulug‘bek tumani Olmachi mahallasi hududida qo‘lga olindi. Ushbu fuqaroning shaxsiy ko‘rigi chog‘ida o‘ng cho‘ntagidan og‘irligi 11 grammni tashkil etuvchi “gashish” giyohvandlik vositasi topildi.

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumani Olmachi mahallasida joylashgan xonadon ko‘zdan kechirilganda, oshxona qismida 2 o‘ramda jami og‘irligi 525 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasi aniqlandi. Xonadonning yotoqxona qismida esa giyohvandlik vositalarini qadoqlashda foydalaniladigan “zip” paketlar, 2 dona elektron tarozi, magnit moslamalari hamda magnit moslamalari biriktirilgan 144 dona alohida qadoqlangan o‘ramlar bilan birga, og‘irligi 276 grammni tashkil etuvchi “gashish” giyohvandlik vositasi fosh etildi.

Ayni paytda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA