Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda yarim mlrd. soʻm miqdoridagi qarzdorlik undirildi
13:00 / 2020-04-24

Mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdor korxona qonun talablari asosida berilgan ixtiyoriy muddatda undiruvchi korxonaga qarzdorlikni qoplamagan.


Byuroning Mirobod tuman boʻlimi ish yurituvida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2020-yil 13-mart kunidagi 4-1001-2002/505-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor “Afina story montaj” masʼuliyati cheklangan jamiyatdan undiruvchi “Toshkent mintaqaviy temir yoʻl uzeli” jamiyat foydasiga jami 508 mln. 050 ming 840 soʻm qarz undirish toʻgʻrisidagi ijro varaqa boʻlim ish yurituviga 2020-yilning mart oyida kuni kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hamda taraflarga yuborilgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdor korxona qonun talablari asosida berilgan ixtiyoriy muddatda undiruvchi korxonaga qarzdorlikni qoplamagan.

Byuroning Mirobod tuman boʻlimi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor jamiyatdan undiruvchi foydasiga 508 mln. 050 ming 840 soʻm qarzdorlik joriy yilning 17-aprel kuni toʻliq undirib berildi.