Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Toshkentdagi Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyi”ga tashrif buyurdi.
Vazir “Diba Innovation HUB” binosi bilan tanishib, kelgusidagi rejalar va istiqbolli loyihalar haqida fikr almashdi.
“Bu loyihadan katta natijalar kutyapmiz. “Toshkentdagi Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyi” ikki davlatning o‘zaro ilm-fan texnologiyalari va yutuqlarini almashishda ko‘prik vazifasini bajaradi.

Eron va O‘zbekistonning kelgusidagi hamkorligiga ushbu markazning hissasi qo‘shishi va bu yerda yirik loyihalar amalga oshirilishiga ishonchim komil. Ushbu markazda xalqaro ko‘rgazmalar, forumlar tashkil etiladi”, dedi vazir.

Ma’lumot uchun, innovatsion HUBning qurilish jarayoni endigina yakunlandi. U 5 qavatdan iborat bo‘lib, 4-qavati “Toshkentdagi Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyi”dir. Markazda kafe, restoran, dam olish xonalari ham mavjud.
O‘zA