Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushiriladi
16:09 / 2025-11-14

Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil 15 noyabridan Toshkent janubiy vokzali bilan Toshkent viloyatini bog‘lovchi 194-sonli yangi avtobus yo‘nalishi faoliyat boshlaydi.

Yangi yo‘nalish Toshkent shahridagi «Janubiy vokzal» bekatidan Toshkent viloyatidagi «Niyozboshi mahallasi» bekatigacha harakat qiladi. Yo‘nalishda zamonaviy Mercedes-Benz LF avtobuslari xizmat ko‘rsatadi.

Harakat vaqtlari:

Ish kunlari: 05:30 — 23:10 (11 ta avtobus)

Shanba: 05:30 — 22:25 (10 ta avtobus)

Yakshanba: 06:07 — 22:02 (9 ta avtobus)

O‘zA