Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda yana bir xalqaro forum boshlandi
10:49 / 2024-09-05

Ayni payt poytaxtimizdagi “Intercontinental Tashkent” mehmonxonasida “Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari” mavzusida xalqaro forum boshlandi.

Tadbirni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ochib berdi.

Anjumanda BMT Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tashkiloti (FAO) rahbariyati, vazirlik va idoralar, xalqaro moliya tashkilotlari yuqori darajadagi vakillari, xorijiy ekspertlar va xususiy sektor vakillari ishtirok etmoqda.

Ushbu forumni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad dunyodagi dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iqlim o‘zgarishiga moslashish, logistika tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq dolzarb muammolarni muhokama etishdan iborat.

O‘.Alimov, R.Nazarmatov (surat), O‘zA