Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda yana bir sayyor qabul o‘tkazildi
15:56 / 2022-02-22

Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida davlat tashkilotlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda tumandagi turli davlat tashkilotidan qatnashgan mas’ullar fuqarolar murojaatini ko‘rib chiqdi. Qabulda tumanning turli mahallalaridan 300 ga yaqin fuqarolar qatnashib, ularning ayrim muammolariga  yechim topildi. Yuzlab fuqarolarga esa huquqiy maslahat berildi. Shuningdek, ayrim murojaatlar nazoratga olinib, yaqin fursatlarda hal qilish choralari ko‘rilgan.

Qabulda Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi boshlig‘i  A.Adilov ham qatnashib,  fuqarolarning sud qarorlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi yuzasidan qilgan murojaatini ko‘rib chiqdi.

O‘zA