"Toshshahartransxizmat" AJning ma’lum qilishicha, Xitoydan olib kelingan elektrobuslarning yana 59 tasi qatnovni boshladi.
Xitoyda ishlab chiqarilgan "Yutong" rusumli elektrobuslarning 59 tasi bugun, 11 may kunidan boshlab quyidagi yo‘nalishlarga tasarruf etilmoqda.

— 12 donasi "4-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 45-sonli "Boshliq mavzesi – FOOD CITY savdo majmuasi" avtobus yo‘nalishiga;
— 14 donasi "12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 40-sonli "Sergeli mavzesi 12-daha – Toshkent vokzali" avtobus yo‘nalishiga;
— 10 donasi "18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 85-sonli "Qoraqamish 2/4 mavzesi – Toshkent MUM" avtobus yo‘nalishiga;
— 4 donasi "4-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 8-sonli "Olchazor mahallasi – Chilonzor mavzesi 25-daha" avtobus yo‘nalishiga.
Avtobuslar soni ko‘paytirilmoqda:
— 1 donasi "1-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 13T-sonli avtobus yo‘nalishiga;
— 1 donasi "4-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 57-sonli avtobus yo‘nalishiga;
— 5 donasi "7-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 94-sonli avtobus yo‘nalishiga;
— 4 donasi "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 100-sonli avtobus yo‘nalishiga;
— 1 donasi "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 67-sonli avtobus yo‘nalishiga;
— 3 donasi "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 51-sonli avtobus yo‘nalishiga;
— 1 donasi "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 95-sonli avtobus yo‘nalishiga;
— 3 donasi "18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 53-sonli avtobus yo‘nalishlariga xizmat ko‘rsatish uchun biriktirilgan.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA