English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda xorijiy korxona vakolatxonasi ochildi
18:07 / 2019-04-22

Fransiyaning 180 yillik tarixga ega “Schneider Electric” kompaniyasi sanoat tarmoqlarida energiya boshqaruvi va avtomatlashtirish boʻyicha jahonda yetakchi ekspert sifatida tan olingan.


Fransiyaning 180 yillik tarixga ega “Schneider Electric” kompaniyasi sanoat tarmoqlarida energiya boshqaruvi va avtomatlashtirish boʻyicha jahonda yetakchi ekspert sifatida tan olingan. Bugungi kunda kompaniyaning 100 dan ziyod davlatda zavodlari, loyiha institutlari, muhandislik, logistika, ilmiy-texnik markazlari, qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.

Binolar, axborot uzatish markazlari, infratuzilmalar va raqamli transformatsiyalar boʻyicha yuqori texnologik, innovatsion yechimlarni taklif etuvchi mazkur kompaniyaning Oʻzbekistonda ham oʻz vakolatxonasi ochildi.

Shu munosabat bilan poytaxtimizda ishbilarmon doiralar, tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida biznes anjuman oʻtkazildi.

Tadbirda “Schneider Electric” kompaniyasining Rossiya va MDHdagi prezidenti Yohan Vanderplayetse Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlar, xususan, sanoat tarmoqlarini modernizatsiyalash, barqaror energiya samaradorligini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlar kompaniyaning mamlakatimizga qiziqishini oshirganini taʼkidladi.

photo5328020988295752346.jpg

– Jadal rivojlanayotgan Oʻzbekiston bilan uzoq muddatli munosabatlarni yoʻlga qoʻyayotganimizdan mamnunmiz, – dedi Yohan Vanderplayetse. – Bizning texnologiyalarimiz, yechimlarimiz, mutaxassislarimiz mahalliy kompaniyalarga murakkab sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishda koʻmak berishga tayyor. Shu bilan birga, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, raqamlashtirish borasidagi davlat loyihalarini hayotga tatbiq etishda oʻz hamkorligimizni taklif etamiz.

Tadbirda “Schneider Electric”ning energiya boshqaruvi, sanoat avtomatizatsiyasi, neft-gaz, neft-kimyo kabi tarmoqlar, aqlli elektr stansiyalari boʻyicha innovatsion texnologiyalari taqdimotlari oʻtkazildi.

Shu kuni Toshkent shahri, Bektemir tumanida “Schneider Electric” texnologiyalari, ishlanmalari asosida mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Energo Systema NVA” korxonasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

– Mahalliy korxonalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish kompaniyamizning strategik yoʻnalishlaridan hisoblanadi, – deydi “Schneider Electric”ning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Aliyor Bahronov. – Oʻzbekistondagi faoliyatimiz bu bilan cheklanib qolayotgani yoʻq, yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, mobil aloqa operatorlari, davlat tashkilotlari bilan ham hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqdamiz.