Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda “Xiaomi” kompaniyasining xizmat ko‘rsatish markazi ochildi
16:32 / 2022-08-16

Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi «Hyatt Regency Tashken» mehmonxonasida “Xiaomi” kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda kompaniya vakillari tomonidan Xitoyning “Xiaomi” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida taqdimot o‘tkazildi.  

 Poytaxtimizda ochilgan markaz “Xiaomi” kompaniyasining ilk xizmat ko‘rsatish manzili hisoblanadi. U kompaniyaning har qanday xizmat ko‘rsatish markazi singari  xaridorlarga eng yuqori jahon standartlariga mos o‘z xizmatini taklif etadi. Uchrashuvda kompaniya vakillari qayd etaganidek,  loyihaning maqsadi xizmat ko‘rsatishni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.

 “Xiaomi” kompaniyasining MDH va Markaziy Osiyodagi menejeri Lyu Chenning ta’kidlashicha, O‘zbekiston bozori kompaniya uchun katta imkoniyatdir.

– Eksklyuziv xizmat ko‘rsatish markazining ochilishi “Xiaomi”ga o‘z mijozlariga yaqinroq bo‘lish va xizmat ko‘rsatishni yangi bosqichga ko‘tarish imkonini beradi. Xizmat – bu doimiy takomillashtirish imkoniyati mavjud sohalardan biri. Biz buni tushunamiz va o‘z oldimizga hamma teng bo‘ladigan xizmat ko‘rsatish tizimini yaratishni maqsad qilib qo‘ydik, – dedi Lyu Chen.

 Ta’kidlash kerakki, ushbu xizmat ko‘rsatish markazda o‘z kasbining ustalari faoliyat ko‘rsatadi. Ular yangi mahsulotlarni ta’mirlash va majburiy sertifikatlashdan o‘tish bo‘yicha o‘quvdan o‘tkaziladi. Markazda ta’mirlash uchun faqat original ehtiyot qismlar, shuningdek, muhandislar tomonidan maxsus yaratilgan texnik hujjatlar va dasturiy ta’minot ishlatiladi.

– Poytaxtimizda kompaniyaning xizmat ko‘rsatish markazi ochildi, – dedi “Xiaomi” kompaniyasining mamlakatimizdagi Marketing bo‘limi menejeri Oybek Qalandarov. – Taqdimotlar ham o‘tkazildi. Garchi, kompaniya mahsulotlari mamlakatimiz bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lsa-da, uning xizmat ko‘rsatish markazi tashkil etilmagan edi. Kelgusida kompaniyaning rasmiy ofisni ochish ham ko‘zda tutilgan.

 Uchrashuv yakunida ishtirokchilar kompaniyaning Toshkentdagi xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati bilan tanishdi.

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA