Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda xalqaro turnir boshlandi
11:44 / 2019-04-29

Poytaxtimizda yunon-rum kurashi bo‘yicha 2005-2006 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Komil Fatkullin sovrini uchun an’anaviy xalqaro turnir boshlandi.


Poytaxtimizda yunon-rum kurashi bo‘yicha 2005-2006 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Komil Fatkullin sovrini uchun an’anaviy xalqaro turnir boshlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston sport kurashlari assotsiasiyasi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada yurtimiz polvonlaridan tashqari qo‘shni davlatlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelgan 400dan ziyod sportchi 12 vazn toifasida g‘oliblik uchun o‘zaro bellashmoqda.

Bu kabi musobaqalar yosh polvonlar uchun katta tajriba maktabini o‘taydi. Mazkur an’anaviy turnirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yangi chempionlarni kashf etish va mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida yunon-rum kurashini yanada ommalashtirishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa g‘olib va sovrindorlari 30 aprel kuni aniqlanadi.