Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazildi
16:08 / 2025-09-12

“Gimnastika barcha uchun”

Poytaxtimizda Xalqaro gimnastika federatsiyasi Osiyo gimnastika ittifoqi va O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan “Gimnastika barcha uchun” xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida yurtimiz hamda Janubiy Koreya, Yaponiya, Shri-Lanka, Pokistondan 20 nafardan ortiq murabbiylar ishtirok etdi.

Xalqaro ekspertlar, Osiyo gimnastika federatsiyasi texnik qo‘mita rahbari, yaponiyalik Tatsuo Araki va Xalqaro gimnastika federatsiyasi a’zosi slovakiyalik Monika Siskova ishtirokida o‘tgan mashg‘ulotlarda tinglovchilarning harakat, ijodkorlik, jamoaviy faollik orqali salomatlikni yaxshilash va sog‘lom turmush tarzi muhitini yaratish borasida bilimlari oshirildi.

Gimnastikaning rivojlanishi, uning falsafasiga bag‘ishlangan nazariy mashg‘ulotlar, shuningdek, Butunjahon gimnastika festivali va “World Gym For Life Challenge” qoidalari, musobaqalarni baholash tizimi tahlil qilindi.

Gimnastika kompozitsiyalarini yaratishda muvofiqlashtirish, badiiylik, jamoaviy ishlash va ijodiy yondashuvni rivojlantirishga qaratilgan guruh mashg‘ulotlarida arqonlar, to‘plar, qog‘ozlarda bajariladigan mashqlarni olib borish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.

Chet ellik mutaxassislar ushbu mashg‘ulotlar gimnastika bo‘yicha xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lganini ta’kidlab, qulay sharoitlar yaratilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA