Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda xalqaro gemologiya laboratoriyasi ochildi
16:14 / 2026-02-03

O‘zbekistonda “GCI Gemological Centers” xalqaro gemologiya laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur loyiha yurtimizda zargarlik sanoatini rivojlantirish, sohaga xalqaro brendlarni jalb etish hamda gemologiya yo‘nalishida malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlar samarasidir.

Isroildagi elchixonamiz, “News Uzbekistan” savdo-investitsiya uyi markaziy idorasi, Tel-Aviv Olmos birjasida joylashgan GCI Gemologiya markazi hamda “Expert one” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamkorligida tashkil etilgan dasturning asosiy maqsadi gemologik ekspertiza sohasida xalqaro standartni joriy etish, professional ta’limni rivojlantirish va O‘zbekiston – Isroil hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan.

[gallery-27455]

Yangi majmua ochilishi qimmatbaho toshlar uchun sun’iy muqobillar topish, import qilinayotgan zargarlik buyumlari xalqaro standartga to‘liq mos kelishini nazorat qilish hamda iste’molchilarni aldash holatlarining oldini olishga xizmat qiladi. Shuningdek, laboratoriya tomonidan beriladigan xalqaro sertifikat respublikamizda ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlari jahon bozori bo‘ylab erkin muomalada yurishi va eksport salohiyatimiz oshishiga zamin yaratadi.

Laboratoriya qoshida tashkil etilgan gemologiya o‘quv markazida zargarlik sohasi vakillari qimmatbaho toshlarning kelib chiqishi, xususiyati va amalda qo‘llanishi bo‘yicha zamonaviy bilim, ko‘nikma olishlari mumkin.

Marosimda GCI rahbariyati, Isroilning O‘zbekistondagi elchisi, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Mehmonlarga laboratoriyaning texnik imkoniyati, zamonaviy uskunalari va majmuada yaratilgan qulay sharoitlar haqida ma’lumot berildi.

Loyihaning yana bir muhim ustunligi – mobil laboratoriya mijoz talabiga ko‘ra, joyida gemologik ekspertiza o‘tkazish, natijani tezkor tahlil qilish va xulosa chiqarish va sertifikat taqdim etish imkonini beradi.

Musulmon Ziyo, Nosirjon Xaydarov (surat), O‘zA