Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Xalq diplomatiyasi forumi o‘tkaziladi
11:08 / 2022-03-01

Poytaxtimizda Yoshlar ishlari agentligi va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Dilnoza Kattaxanova  hamda SHHTning O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobuljon Sobirov ishtirokidagi uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. 



Uchrashuv davomida Xalq diplomatiyasi markazi direktori o‘zaro hamkorlik doirasida joriy yilning 11 may kuni Toshkent shahrida Xalq diplomatiyasi forumi o‘tkazish taklifini berdi. Shuningdek, talabalar o‘rtasida ilmiy maqolalar to‘plamini chop etish va ularni taqdirlash haqida gapirib o‘tdi. Bu borada hamkorlik samarali kechishini ta’kidladi.  


Jumladan, Samarqandda Do‘stlik teleko‘prigini (tarixiy-madaniy meros) yo‘lga qo‘yilishi haqida ham aytib o‘tildi. Ikki tashkilot o‘rtasida tadbirlar o‘tkazishda hamkorlik masalalariga ham kelishib olindi.  

Gulnoza Boboyeva,  O‘zA