Toshkentda voleybol bo‘yicha 16 yoshlilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda
FOTOREPORTAJ
Yigitlar o‘rtasida tashkil etilgan musobaqada bugun guruh bosqichi yakunlanib, pley-off bosqichi ishtirokchilari aniqlanadi. Hamyurtlarimiz ilk uchrashuvni Gonkong jamoasiga qarshi o‘tkazib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Qayd etish joiz, jamoamiz ishtirok etayotgan “A” guruhidan 3 ta jamoa o‘rin olgan. Bugun voleybolchilarimiz guruh peshqadamligi uchun so‘nggi turda qozog‘istonlik tengqurlariga qarshi bahs olib bordi. “Yunusobod” sport majmuida bo‘lib o‘tgan uchrashuvni yuqori ustunlikda o‘tkazgan voleybolchilarimiz 3:0 hisobida raqiblarini mag‘lub etdi.
[gallery-12877]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA