Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda uy ijarasi narxi tushdi – MHTI tahlili
12:05 / 2023-12-21

Joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida o‘rtacha ta’mirlangan uy-joy uchun ijara narxlari tushgan, to‘liq ta’mirlangan uylar esa biroz ko‘tarilgan.

Noyabr oyida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari o‘tgan oydagiga nisbatan o‘rtacha 0,7 foiz pasaygan. Noyabr oyida o‘rtacha ta’mirlangan uylar guruhida bir xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari oktyabr oyidagiga nisbatan o‘rtacha 0,4 foiz oshib, 401 AQSH dollarini tashkil etgan.    

Mazkur davrda ikki xonali xonadonning ijara narxlari (452 dollar) 0,8 foizga tushgan bo‘lsa, uch xonali uylarning ijara narxi (519 dollar) 0,9 foiz arzonlagan. To‘rt xonali uylarning ijara narxi (590 dollar) esa 1,3 foizga pasaygan. Noyabr oyida to‘liq ta’mirlangan guruhdagi uylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlari 0,2 foiz oshgan.  

Xususan, shahar bo‘yicha bir xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari (492 dollar) 0,5 foiz oshgan bo‘lsa, uch xonali (786 dollar) va to‘rt xonali (907 dollar) uylar uchun ushbu ko‘rsatkich mos ravishda 0,1 foiz va 0,4 foizni tashkil etgan. Lekin ikki xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari 0,3 foiz arzonlab, 664 dollarni tashkil etgan.    

Eslatib o‘tamiz, ushbu tahlil Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislarining Toshkent shahridagi uy-joy ijara narxlarini o‘rganishi natijasidir.  

 

N.Ziyodullayeva tayyorladi,    

O‘zA