Toshkentda uchta ko‘cha 20 oktyabrgacha yopiladi
Transport vazirligining ma’lum qilishicha, poytaxtimizning ayrim hududlarida yo‘l ta’miri ishlari amalga oshirilayotgani sababli harakat vaqtincha cheklanadi.
Cheklovlar Yangi O‘zbekiston ko‘chasi — Ohangaron shossesidan D012 yo‘ligacha bo‘lgan qism, Jasorat ko‘chasi (Mirzo Ulug‘bek tumani) va Do‘stlik ko‘chasiga (Yashnobod tumani) vaqtincha kiritilgan.
Ta’mirlash ishlari doirasida yo‘llarga yangi asfalt-beton qoplamasi yotqiziladi.
Avtomobil harakatidagi cheklovlar 20 oktyabrgacha amal qiladi.
Vazirlik fuqarolardan harakatni oldindan rejalashtirishni va vaqtincha yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA