French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda uch mamlakat biznes vakillari uchrashdi
20:34 / 2021-05-25

25 may kuni Yoshlar ijod saroyida "Tashkent International Business HUB – 2021" o‘z ishini boshladi.

O‘zbekiston Eksportchilar uyushmasi va Biznesni rivojlantirish uyushmasi hamda O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi hamkorliigda tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Afg‘oniston biznes vakillarni ishtirok etmoqda.

Tadbir ochilishida O‘zbekiston iqtisodiyot assambleyasi va Eksportchilar uyushmasi raisi Muxtor Umarov, Qirg‘iziston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ibragim Junusov, Afg‘oniston Islom Respulikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Holid Elmi va boshqalar Buyuk ipak yo‘li nafaqat o‘rta Osiyo davlatlarini, balki sharq va g‘arbni bog‘lashda muhim ahamiyat kasb etgani va ushbu loyiha ham xalqlar o‘rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatishga keng yo‘l ochishga xizmat qilishini ta’kidladi.

–“Tashkent International Business HUB”ning asosiy maqsadi uchta ishtirokchi davlatlar vakillarini biznes kesimida birlashtirishga qaratilgan, – dedi O‘zbekiston Biznesni rivojlantirish uyushmasi boshqaruvi raisi Yorqin Malikov. 

– Shu bilan birga, yurtimizdagi biznes muhit bilan ularni yaqindan tanishtirishdir. Mamlakatimizga import tovarlarni olib kelib, ularni uchinchi davlatga yo‘naltirishni ham ko‘zda tutadi. Masalan, Afg‘oniston davlatidan tabiiy boyliklarni O‘zbekistonga olib kelish va ularni qayta ishlab, boshqa davlatga eksport qilish ham rejalashtirilmoqda. Bu esa ikki mamlakatning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu tadbir biznes vakillarining o‘zaro uchrashuv, muloqot va kelishuvlarni amalga oshirishga sharoit yaratadi.

–Biz ikkinchi bor yurtingizda o‘tkazilgan tadbirda qatnashyapmiz. Prezidentimiz Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida biznes vakillari ishtirokidagi forumda ilk bor ishtirok etgan edik. Albatta, bunday uchrashuvlar o‘z samarasini beradi. 

O‘zbekiston va Qirg‘izistonni nafaqat biznes, balki tarixiy aloqalar ham bog‘lab turadi. Bunday yaqin aloqalar bizni O‘zbekistonning gullab-yashnayotgani bilan yaqindan tanishtiradi. bugungi uchrashuv esa qirg‘izistonlik ishbilarmonlar uchun yanada samarali bo‘ladi, degan umiddaman, – dedi “Qirg‘iz land” Eksportchilar va importchilar uyushmasi raisi Lenara Niyazbekova.

"Tashkent International Business HUB” o‘z ishini ertaga ham davom ettiradi.

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA