Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Turkiya “Demokratiya va milliy birlik kuni” nishonlandi (+video)
19:42 / 2024-07-15

Bundan 8 yil avval – 2016 yil 15 iyul kuni Turkiyada FETO terror tashkiloti tomonidan davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinish kuzatilgan. O‘shanda xalq birlashib, demokratiya qadriyatiga sodiqligini namoyon etgan. Natijada fitna amalga oshmagan, davlat tuzumi saqlab qolingan edi.

Shu bois Turkiya xalqi va ushbu mamlakatning xorijiy davlatlardagi diplomatik idoralari har yil 15 iyulni “Demokratiya va milliy birlik kuni” sifatida yodga oladi va nishonlaydi.

Bugun Toshkent shahrida ham Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Kommunikatsiyalar boshqarmasi va O‘zbekistondagi elchixona tomonidan mazkur sana munosabati bilan “Xalqning g‘alabasi” mavzusida xotira tadbiri tashkil etildi.

Diplomatik korpus, qardosh xalq olimlari, ziyolilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari va ayni payt yurtimizda yashayotgan, faoliyat yuritayotgan Turkiya fuqarolari ishtirok etgan yig‘in mamlakat madhiyasi ijro etilishi bilan boshlandi.

Darhaqiqat, Turkiya jiddiy sinovdan yorug‘ yuz bilan chiqdi. Afsuski, bu yo‘lda ko‘plab qurbonlar berildi. 250 fuqaro hayotdan ko‘z yumdi, 2000 nafardan ziyod inson jarohatlandi.

O‘shanda xalq jasorat va qat’iylik bilan davlatni to‘ntarishga uringanlarga qarshi ko‘chalarga chiqdi. Kuchli tahdid va bosqinga qaramay, jurnalistlar o‘z faoliyatini davom ettirdi. Millat jipslashdi.

Anjuman qatnashchilari mamlakat irodasini, odamlarning bir-biriga sadoqatini alohida e’tirof etdi.

– Mamlakatimiz 2016 yil 15 iyul kuni o‘z tarixidagi eng yirik terror xurujiga uchradi, – dedi Turkiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar “Xalqning g‘alabasi” mavzusida respublika tarixidagi burilish nuqtalaridan birini nishonlash munosabati bilan yig‘ilganlarni qutlarkan. – Mazkur xoinlarcha to‘ntarish tashabbusi millatimiz birligi va hamjihatligi bilan bartaraf etildi.

Tadbirda o‘sha mash’um kunlar, marhumlar xotirlanib, sanaga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi.

“15 iyul voqeasi”ga bag‘ishlangan foto ko‘rgazma ham yig‘ilganlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/UEiKP7O3s3Q?si=hzqDvPbbWYj3dnSS" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz Xudoyberdiyev,

Asliddin Alijonov (video),

O‘zA