Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi
«Ipak yo‘li durdonasi» XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Ozarbayjon, Belaruc, Misr, Isroil, Hindiston, Italiya, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Polsha, Rossiya, Tojikiston, Turkiya va O‘zbekiston kinosi kunlari o‘tkaziladi.
Kinematografiya agentligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Turk kinosi kunlari 29 sentyabr kuni soat 18:00 da O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tadi. Unda Turkiyaning sara filmlari namoyish etiladi. So‘ng taniqli turk xonandasi Serdar Ortachdan shou-konsert dasturi ham taqdim etiladi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA