Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda tungi reydga tushgan 10 holat (+)
18:01 / 2025-11-27

Toshkent viloyati hududlarida havo sifatini yaxshilash va issiqxonalardagi isitish tizimlariga oid ekologik talablarga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida keng ko‘lamli ekologik va profilaktik reydlar davom etmoqda.

1-holat: Chig‘atoy mahallasining Shifobaxsh suvlar ko‘chasida joylashgan, fuqaro G.S. Ziyayevga tegishli issiqxona tekshiruv paytida vaqtincha faoliyat yuritmayotgani ma’lum bo‘ldi. Shunga qaramay, xonadon hovlisida yoqilg‘i turiga kirmaydigan har xil chiqindilar ochiq alangada yoqilgani aniqlangan.

Ekologik talablarni buzish holati bo‘yicha Milliy gvardiya xodimlari tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirildi va tegishli tartibda hujjatlar yuritildi.

2-holat: Kensoy mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro X.A.Akramovga tegishli gul yetishtirishga mo‘ljallangan issiqxona tekshiruvdan o‘tkazilganda, qo‘lbola usulda o‘rnatilgan filtrning yetarlicha tozalash funksiyasini bajarmayotgani ma’lum bo‘ldi.

3-holat: Qorariq mahallasida yashovchi fuqaro D.Q.Tohirovning gul yetishtirishga mo‘ljallangan issiqxonasi tekshirilganda, qozonxonada turli chiqindilar yoqilayotgani aniqlandi.

4-holat: Qorariq mahallasida fuqaro M.A.Talipovga tegishli gul yetishtirishga mo‘ljallangan issiqxonada filtr o‘rnatilgan bo‘lsa-da, u havoni yetarli darajada tozalamasligi oshkor bo‘ldi.

5-holat: Ko‘ksaroy mahallasi  hududida fuqaro B.S.Shakirovning pomidor yetishtirishga mo‘ljallangan issiqxonasida ham yuqoridagi holat qayd etildi.

6-holat: Kensoy mahallasi hududida fuqaro F.F.Islomov issiqxonasida (gul yetishtirishga mo‘ljallangan) filtr qurilmasiz ko‘mirdan foydalanayotgani aniqlandi. 

7-holat: Kensoy mahallasi  hududida fuqaro X.A.Akromov issiqxonasida (gul yetishtirishga mo‘ljallangan) filtr o‘ranatgani, biroq u yetarlicha  tozalamayotganligi aniqlanib,  holat bo‘yicha Ekologiya xodimlari tomonidan hujjatlar rasmiylashtirildi.

 

8-holat: Shamsiobod mahallasi  hududida fuqaro X.T.Jo‘raboyev issiqxonasida (pomidor yetishtirishga mo‘ljallangan) filtr qurilmasiz ko‘mirdan foydalanayotgani aniqlandi. 

9-holat: Qirariq mahallasi  hududida yashovchi fuqaro D.Q.Toxirov issiqxonasida qo‘lbola usulda filtr o‘ranatilgani, biroq bu filt yetarlicha  tozalamayotgani aniqlanib,  holat bo‘yicha Ekologiya xodimlari tomonidan hujjatlar rasmiylashtirildi.

10-holat: Kensoy mahallasi hududida issiqxonada filtr qurilmasiz ko‘mirdan foydalanayotgani aniqlandi. 

Tungi reyd davomida aniqlangan kamchiliklar Toshkentdagi ayrim issiqxonalarda ekologik me’yorlarga rioya etish hali ham yetarli darajada emasligini ko‘rsatmoqda. Chiqindi yoqish, samarasiz filtrlar va nazoratsiz isitish tizimlari nafaqat atrof-muhit, balki aholi salomatligi uchun ham jiddiy xavf tug‘diradi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha Milliy gvardiya, Ekologiya boshqarmasi va tegishli idoralar tomonidan hujjatlar rasmiylashtirildi, ayrim ob’ektlar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu kabi choralar kelgusida havo sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni kamaytirish, ishlab chiqaruvchilarda mas’uliyatni oshirish va ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/7jEQmWgAXeU" title="Toshkentda tungi reydga tushgan 10 holat" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Reydlar davom etmoqda.

Musulmon Ziyo, Oybek Davronov (video), O‘zA