Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda transport va kommunikatsiyani rivojlantirish Mintaqaviy markazi tashkil etiladi
13:09 / 2022-10-27

26-27oktyabr kunlari Toshkentda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashabbusi bilan BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti bo‘yicha maxsus dasturi (SPECA) Ishchi guruhining mintaqada transport va logistika jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish bo‘yicha 27-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirning birinchi kunida yig‘ilish qatnashchilari COVID-19 pandemiyasining Markaziy Osiyo mintaqasiga ta’sirini tahlil qildi. Shu kabi muammolarni bartaraf etish usullari hamda milliy va xalqaro transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalari va tashabbuslarini muhokama qildi. Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi vakili Nenad Nikolic va ESKATO vakili Baxtiyor Rahmatovning hisobotlari tinglandi.  

Shu bilan birga, SPECA dasturida ishtirok etuvchi mamlakatlarning tashqi savdo, transport, tranzit va boshqa sohalarga oid xalqaro konvensiya va bitimlarda ishtiroki muhokama etildi.  

Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston vakillari avtomobil va temir yo‘l infratuzilmasi, havo transportini samarali tashkil etish va boshqarish bo‘yicha tajriba almashdilar. Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazda yangi transport yo‘laklarini hamkorlikda rivojlantirishga, Toshkentda transport va kommunikatsiyani rivojlantirish Mintaqaviy markazini tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.  

Tadbir davomida Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi, Osiyo Taraqqiyot banki va Islom taraqqiyot banki vakillari bilan infratuzilmani yaxshilash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va xalqaro yo‘laklarni rivojlantirish bo‘yicha SPECA mamlakatlariga texnik yordam ko‘rsatish loyihalari muhokama qilindi.  

Shuningdek, tadbir davomida BMTning transport, logistika, transport va savdo standartlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, sohani raqamlashtirish istiqbollari muhokama qilinadi. Mavzuga doir o‘quv seminari tashkil etiladi.  

 

O‘zA