Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda toza havo uchun kurash — issiqxonalarda tartib qat’iylashdi (+video)
14:40 / 2025-12-11

Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahrida havo ifloslanishini kamaytirish bo‘yicha ishlar jadal davom etmoqda. Shu maqsadda turli idoralar hamkorligida reydlar o‘tkazilyapti.

24 noyabrdan 10 dekabrgacha Toshkent tumanida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida 114 ta issiqxona ko‘rib chiqildi. Ulardan 52 tasida isitish moslamalarida kerakli filtrlar o‘rnatilmagani aniqlandi. Oldindan berilgan ogohlantirishlarga qaramasdan ayrimlar talablarga amal qilmagani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. Hatto 9 ta issiqxonada bu holat ikki va undan ko‘p marta qaytarilgan.

Ishlar shu bilan cheklanib qolgani yo‘q. 10 dekabr kuni o‘tkazilgan navbatdagi reydda 15 ta mahalla hududida joylashgan 26 ta issiqxona tekshirildi. Tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga amal qilmagan 24 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy chora ko‘rildi.

Tekshiruvlar davomida havoni ifloslantiruvchi holatlar uchradi. Ayniqsa filtrlarsiz ishlash, maishiy yoki qurilish chiqindilarini belgilab qo‘yilmagan joylarga tashlash, suyuq chiqindilarni oqizib yuborish, tabiiy muhitga yetkazilgan zararni bartaraf etmaslik va obodonlashtirish qoidalarini buzish kabi holatlar aniqlangan.

Gidrometeorologiya xizmati agentligi olib borayotgan monitoring natijalariga qaraganda Toshkent tumanida havo sifatida ijobiy o‘zgarishlar kuzatila boshlagan. O‘rnatilgan stansiyalar ko‘rsatkichlari yaxshi tomonga harakat borligini tasdiqlayapti.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/PVSGvrF1aec" title="Toshkentda toza havo uchun kurash — issiqxonalarda tartib qat’iylashdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova,

Ulug‘bek To‘xtayev (montaj), O‘zA muxbiri