20 noyabr kuni Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida Tojikiston xalq artisti va bastakor Daler Nazarovning yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
Konsert dastlab 17 oktyabr kuniga belgilangan edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli misiqiy kecha bir oyga surilgan, ya’ni 20 noyabrga qoldirilgan edi.
Shu bois, sotilgan barcha chiptalar yangi sana uchun amal qilishi to‘g‘risida xabar berilgan. Tashkilotchilar, shuningdek, konsert sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga rioya qilgan holda o‘tkazilishi haqida ogohlantirmoqda.
Ta’kidlash kerak, Daler Nazarov kino olamida Rossiya, Germaniya, Qozog‘iston, Eron va Afg‘oniston kabi qator mamlakatlarda suratga olingan filmlar musiqasi muallifi sifatida mashhur. Bundan tashqari, hujjatli va qisqa metrajli filmlar uchun kichik musiqalardan boshlab, keyinchalik “Oy papasi”, “Angliya!”, “Rojdestvo siri” kabi asarlarga musiqa yozgan va xalqaro kinofestivallarda sovrinli o‘rinlarni egallagan.
Ma’lumot uchun, xonanda o‘tgan yil dekabrda ham Toshkent va Samarqandda konsert bergan edi.