Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Tojikiston elchixonasining yangi binosi qurilishiga start berildi
12:33 / 2021-12-10

Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin va Tojikistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Abdujabbor Raxmonzoda 8 dekabr kuni Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi uchun yangi bino qurilishiga start berdi. Bu haqda «Xovar» agentligi Tojikiston tashqi ishlar vazirligi bergan ma’lumotga tayanib xabar bermoqda.

Tojikiston elchixonasining yangi binosi 1,40 gektarlik hududda qad rostlaydi. “Elchixona uchun yer ajratish bo‘yicha Tojikiston bilan O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida kelishuvga erishilgan”, deyiladi xabarda.


Loyihaga ko‘ra, Elchixona majmuasi Tojikiston diplomatik missiyasi rahbarining qarorgohi, konsullik binosi, elchixona xodimlarining yashash xonalari, ziyofat va konferens zallar, sport maydonchasi hamda avtoturargohdan iborat bo‘ladi.
«Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Raxmonning ushbu  tashabbusi ikki mamlakat va ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashda va o‘zaro hamkorliklarni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega», — deya ta’kidlanadi Tojikiston tashqi ishlar vazirligidan tarqatilgan xabarda.

S.Rahimov