Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda TDT sammiti oldidan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
16:24 / 2022-11-06

Yana bir necha kundan so‘ng, aniqrog‘i 11 noyabr kuni Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi. Mazkur anjumanga tayyorgarlik doirasida bugun poytaxtimizdagi Markaziy Osiyo xalqaro institutida TDT Yuqori darajali mansabdor shaxslari navbatdagi uchrashuvga to‘planishdi.

Tadbirda a’zo va kuzatuvchi davlatlar Tashqi ishlar vazirliklarining tegishli departament rahbarlari, TDT Kotibiyati, Turkiy akademiya hamda Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi vakillari ishtirok etmoqda.

Tomonlar Sammit va asosiy tadbirdan bir kun oldin - 10 noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadigan TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini muhokama qilishadi. Anjuman dasturi hamda barcha tadbirlarga kiritiladigan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqilib, qabul qilinishi rejalashtirilgan. Shunindek, yig‘ilishda mas’ullar Samarqand sammitiga tayyorgarlik bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha ham fikr almashadi.

Uchrashuv 8 noyabrgacha davom etadi.

G‘.Xonnazarov, O‘zA