English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda sun’iy nafas oldirish apparatlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
13:30 / 2021-03-17

Toshkentda 16 mart kuni Rossiyaning “Shimco Group” kompaniyasi va Slovakiyaning “Chirana” kompaniyasi tomonidan sun’iy nafas oldirish apparatlarini ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qildi.

Rossiya – Slovakiya – O‘zbekiston qo‘shma korxonasi “Chirana Asia” yiliga 500 donagacha uskuna ishlab chiqarishi mumkin. Ishlab chiqarishning umumiy qiymati 6 million dollarni tashkil etadi.

“Shimco Group” prezidenti Vasiliy Shimko ta’kidlashicha, Toshkentda ishlab chiqariladigan qurilmalarda turbina o‘rniga membranali kompressor ishlatiladi, bu esa xizmat muddatini sezilarli darajada oshiradi va ventilyatorga texnik xizmat ko‘rsatish narxini pasaytiradi.

Vasiliy Shimkoning ma’lum qilishicha, birinchi shunday apparat 2020 yil may oyida Toshkent shahridagi 1-sonli Respublika klinik kasalxonasiga yuborilgan.

Birinchi bosqichda sun’iy nafas oldirish apparatlari ishlab chiqarish uchun Rossiya kompaniyasi 2 million dollarlik sarmoya kiritdi, kelajakda qo‘shma korxona anestezik hamda stomatologik uskunalar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda.  

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning deyarli 80 foizini Markaziy Osiyo mamlakatlariga, birinchi navbatda, Afg‘onistonga eksport qilish rejalashtirilgan va bundan tashqari, kompaniya Tojikiston va Qirg‘iziston bilan shartnomalar tuzgan.