Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda “Sun’iy intellekt va xalqaro huquq” mavzusida II-xalqaro konferensiya o‘tkazildi
17:59 / 2025-12-03

Bugun poytaxtimizdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Sun’iy intellekt va xalqaro huquq” mavzusida II-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda BMT, davlat idoralari, xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlar vakillari ishtirok etdi.

[gallery-26537]

Yig‘inda sun’iy intellektni huquqiy jihatdan tartibga solishga oid tendensiyalar, AI xavfsizligi, global standartlar, axborot almashinuvi mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ishtirokchilarga O‘zbekistonning ushbu sohadagi milliy strategiyasi va amaliy tashabbuslari taqdim etildi.

Tadbir yakunida JIDU huzurida siyosat, huquq va iqtisodiyot sohalarida sun’iy intellekt bo‘yicha tadqiqotlar olib boradigan maxsus markaz tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi. Qolaversa, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, bank-moliya, soliq va bojxona yo‘nalishlarida SIni joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi. 

D.Hakimov, O‘.Hayitov (surat), O‘zA