Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi
15:08 / 2016-12-19

Poytaxtimizdagi "Universal" sport majmuasida yunon-rum, erkin va ayollar kurashi bo‘yicha mamlakatimiz chempionati bo‘lib o‘tdi.

Poytaxtimizdagi "Universal" sport majmuasida yunon-rum, erkin va ayollar kurashi bo‘yicha mamlakatimiz chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, sport kurashlari assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada to‘rt yuzdan ziyod polvon g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Yunon-rum kurashi bo‘yicha Islom Bahromov, Fazliddin Nomozov, Dilshod va Jahongir Turdiyevlar, Mirzobek Rahmatov, Jalg‘as Berdimuratov, Muhammadali Shamsiddinov, Mo‘minjon Abdullayev o‘z vazn toifasida O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.

Ayollar kurashi bo‘yicha Asalxon va Nodira Sobirova, Shahodat Jo‘lliboyeva, Sevara Eshmurodova, Asem Seydametova, Nabira Yesenboyeva, Nilufar Gadoyeva, La’lixon O‘rinboyeva shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

G‘ulomjon Abdullayev, Muhammadkarim Usmonov, Daybek Otarboyev, Bahodir Arslonov erkin kurash bo‘yicha bellashuvlarda birinchi o‘rinni egalladi.