Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda "Space Technology Conference STC - 2022" xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi
14:50 / 2022-05-10

Bugun poytaxtimizda "Space Technology Conference STC - 2022" mavzuidagi Markaziy-Yevroosiyo mintaqasidagi ilk xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

“Kosmik  texnologiyalar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ularning roli” mavzuiga  bag‘ishlangan  anjuman  dunyoning 20 mamlakatidan kosmik faoliyat  bilan sohasidagi  110 ta kompaniya va tashkilotlar, shuningdek, mamlakatimizning 30 ta vazirlik va idoralarining  200 nafardan ortiq  ishtirokchilarini bir joyga  to‘pladi. 

Tadbir kosmik sohadagi  so‘nggi yangiliklarni muhokama qilish,  davlat va xususiy sektor  manfaatlari yo‘lida tajriba almashish uchun samarali  maydoncha bo‘ladi. 

Konferensiya doirasida texnologiyalar sohasidagi eng dolzarb mavzular bo‘yicha  6 ta sessiya bo‘lib o‘tadi.

Gulruh Abdullayeva, O‘zA