Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda sotish uchun olib kelinayotgan marixuana toʻxtatib qolindi
15:05 / 2020-05-21

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, qonunbuzarlar bu harakati bilan salkam 75,7 million soʻm miqdoridagi bojxona toʻlovlarini chetlab oʻtishga uringan.

Barcha huquqbuzarlik holatlari yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Chuqursoy texnik idora” temir yoʻl chegara bojxona postida xorijdan Toshkentdagi MCHJ nomiga yuborilgan konteyner tekshirilganda hujjatlarda koʻrsatilmagan hamda koʻrsatilganidan ortiqcha umumiy qiymati 144,5 million soʻmlik 360 dona shina, 200 kilogramm ion almashinadigan smola hamda 456 kilogramm kamar qisqichlari borligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, qonunbuzarlar bu harakati bilan salkam 75,7 million soʻm miqdoridagi bojxona toʻlovlarini chetlab oʻtishga uringan.

* * *

Shunga oʻxshash yana bir holatda temir yoʻl konteynerida yoʻl yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilganidan ortiqcha umumiy qiymati 448 million soʻmlik 10 ming 400 dona velosiped pokrishkasi, 1000 dona arava gʻildiragi hamda 7 tonna elektrod tovarlari borligi maʼlum boʻldi.

Natijada davlat byudjetiga 236 million soʻm zarar yetkazilishining oldi olindi.

* * *

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining Samarqand viloyati bilan chegara hududidagi aylanma yoʻllar orqali harakatlanib ketayotgan “Neksiya” mashinasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda old oʻrindiq ostiga fuqaro U.M.ga tegishli 75 dona gugurt qutisiga joylangan 224 gramm marixuana giyohvandlik vositasi yashirilgani aniqlandi. Maʼlum boʻlishicha zahri qotillar Toshkent shahriga sotish uchun olib ketilayotgan ekan.

Barcha huquqbuzarlik holatlari yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati

maʼlumotlari asosida tayyorlandi