Toshkentda Shveysariya kunlari
Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi 29 noyabr-2 dekabr kunlari "Tashkent City Mall" va "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonalarida “Sifat. Innovatsiya. Ishonch” shiori ostida Shveysariya kunlarini o‘tkazadi.
Tadbirda 25 dan ziyod xorijiy kompaniya ishtirok etadi. Ushbu an’anaviy platforma O‘zbekiston – Shveysariya ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlab, davlatimizning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayonida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksportchilarimizga boy tajriba to‘plash imkonini taqdim etadi.
B.Xudoyberdiyev, O‘zA