Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda “Shum bola” kinofestivali oʻtkaziladi
09:09 / 2020-09-04

“Oʻzbekkino” milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov Toshkentdagi Gyote instituti rahbari janob Yan Xelfer bilan uchrashdi.


“Oʻzbekkino” milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov Toshkentdagi Gyote instituti rahbari janob Yan Xelfer bilan uchrashdi.

“Oʻzbekkino” milliy agentligida tashkil etilgan uchrashuv davomida joriy yilning sentyabr oyi oxirida oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Shum bola” nemis bolalar filmlari festivalini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

“Shum bola” kinofestivali 2020-yilning bahoriga rejalashtirilgan edi. Biroq karantin cheklovlari tufayli nomaʼlum muddatga qoldirilgandi. 21-25-sentyabr kunlari Gyote instituti “Oʻzbekkino” milliy agentligi bilan hamkorlikda ushbu festivalni oʻtkazishga kelishib oldi. Festivalning asosiy qismi institut yonidagi “Gyote-park”da oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Uchrashuvda mazkur tadbirning mazmunli oʻtishida “Oʻzbekkino” milliy agentligi ham oʻz hissasini qoʻshishi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, festivalda nemis bolalar filmlaridan tashqari yosh oʻzbek rejissyorlarining qisqa metrajli filmlari ham namoyish etiladi.

Shuningdek, tomonlar 2020-yilning dekabr oyida nemis va oʻzbek kinoijodkorlari oʻrtasida mahorat darslarini oʻtkazish, tajriba almashish boʻyicha ham masalalarni muhokama qildi.