FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi «Universal horses stable» ot sporti klubida «Show Jumping» musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Chavandozlar bu galgi musobaqalarda 5 ta yo‘nalishda o‘z mahoratini namoyish qildi. Birinchi bo‘lib, balandligi 110 sm., 120 sm. bo‘lgan to‘siqlardan sakrab o‘tish bellashuvlari o‘tkazildi. Tan olish kerak, bu musobaqa g‘oyat qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo‘ldi. 110 sm. balandlikdagi to‘siqlardan sakrab o‘tishda Polina Dudnikova 1-o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlar Anna Sigidina va Alisher Yo‘ldoshevga nasib etdi. Behzod Ro‘zimuxamedov 120 sm. balandlikdagi to‘siqlardan o‘tishda birinchi natijani ko‘rsata oldi. Dilshod Shokirov va A’zam Toliboyev ushbu yo‘nalishda 2- va 3-o‘rinda bo‘ldi.
[gallery-25265]
12-14 yoshli chavandozlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada Asalxon Said-Ahmedova g‘oliblikni hech kimga bermadi. Sevinch Nazarova, Farzona Azimova keyingi o‘rinlarga ega chiqdi.
Musobaqalarda ilk bor qatnashayotgan otlar o‘rtasidagi bellashuvda Ma’rufbek Abdullayev boshqargan Rocco Carlos V laqabli ot 1-o‘rinni egalladi.
Havaskorlar hamda sport razryadi bo‘lmagan chavandozlar o‘rtasidagi bellashuvda Mumtozabegim Hakimova g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan medal, diplom va kubok bilan taqdirlandi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA